Kontent qismiga oʻtish

Avstriya-Fransiya urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstriya-Fransiya urushi (1809) – Fransiyaning Yevro-padagi hukmronligini sindirib, oʻz mustaqilligini saqlab qolish maqsadida Avstriyaning Fransiyaga qarshi urushi. Avstriya urushdan oddin Angliya bilan ittifoq tuzdi. Avstriya armiyasining asosiy qismi 1809-yil 10-aprelda Inn daryosini kechib, Regensburg yonidagi Fransiya armiyasiga zarba berdi va Bavariyaga bostirib kirdi. Napoleon mohirlik bilan urush harakatlari maydoniga koʻp qismdan iborat armiya tashladi. 22-aprelda Ekmyul jangida Avstriya armiyasi katta talafot koʻrib Venaga chekindi. Fransuzlar 13-mayda Venani egalladi va 5–6-iyulda Vagram yonida avstriyaliklarni yengdi. Avstriya 1809-yil 14-oktabrda Shyonbrunn sulhiga qoʻl qoʻydi va Fransiyaga qaram davlatga aylandi[1].

  1. "Avstriya-Fransiya urushi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil