Kontent qismiga oʻtish

Bakalavr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakalavr (lotincha baccalaria – vassalning yer-mulki) – koʻp mamlakatlardagi dastlabki ilmiy daraja. Oʻrta asrda Gʻarbiy Yevropa universitetlarida taʼlimning birinchi bosqichini tugallagan talabalarga berilgan. Oʻzbekistonda „Taʼlim toʻgʻrisida��gi qonun va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ (1997) ga muvofiq universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlarining 1- bosqichi – bakalavriatni tugatganlarga bakalavr darajasi beriladi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Baʼzi xorijiy mamlakatlar (masalan, Fransiya)da oʻrta maʼlumotga ega boʻlib, oliy oʻquv yurtiga kirib oʻqish huquqiga ega boʻlgan shaxs ham bakalavr deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil