Kontent qismiga oʻtish

Kimyoviy ekvivalent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimyoviy ekvivalent - kimyoviy elementning massa miqdori. U vodorodning 1 (aniqrogʻi 1,008) massa qismini yoki kislorodning shunga yarasha 8 massa qismini biriktiradi yoki uning oʻrnini oladi. Elementning atom massasini valentligiga boʻlib, ekvivalentini topish mumkin: E=Ar/V ; bu yerda E — ekvivalent, V — valentlik, Ar — atom massasi. Kimyoviy ekvivalent tushunchasining muhimligiga sabab shuki, elementlar bir-biri bilan Kimyoviy ekvivalentiga proporsional miqdorda oʻzaro birikadi. Gramm-ekvivalent son jihatdan gramm hisobidagi kimyoviy ekvivalentga teng[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil